13-fevral kuni
🎭 Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatri sahnasida bolajonlar kulgusi va quvonchi hukm surdi!
👶 Sh. Rashidov tumani hududidagi MTM va ONMTM tarbiyalanuvchilari teatrimiz mehmoni bo‘lishdi.

👫 Kichkintoy tomoshabinlar uchun teatr aktyori, bo‘lajak rejissyor Islomov Toshpo‘lat tomonidan rus xalq ertagi asosida sahnalashtirilgan “Bo‘ri va tulki” spektakli namoyish etildi.
✨ Beg‘ubor kulgilar, quvonchga to‘la nigohlar va samimiy qarsaklar tomoshaning naqadar iliq ruhda o‘tganini ko‘rsatdi.
🌟 Spektakl bolajonlarga unutilmas lahzalar va sehrli kayfiyat ulashdi!

📸 Bizni kuzatishda davom eting — oldinda yanada qiziqarli tomoshalar kutmoqda!

🌐 Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatri Matbuot xizmati (https://jizzaxpuppet.uz/)

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan