#ochiqkassa

28-fevral kuni
🎭 Jizzax viloyat qo’g’irchoq teatrida “Ochiq kassa” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir davomida dastlab jajji tomoshabinlarni ertak qahramonlari quvnoq kayfiyatda kutib olishdi. Bolajonlar uchun bayramona muhit yaratilib, unutilmas lahzalar tuhfa etildi.
Shundan so‘ng ular e’tiboriga “DO‘STLIK BOG‘I” nomli spektakl havola qilindi.
Spektakl do‘stlik, ahillik va mehr-oqibat g‘oyalarini tarannum etib, kichkintoylar qalbida iliq taassurot qoldirdi.

“Ochiq kassa” tashabbusi teatr va muxlislar o‘rtasidagi ochiqlikni mustahkamlash, madaniy hordiq chiqarishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

🌐 Jizzax viloyat Qo‘g‘irchoq teatrining Matbuot xizmati (https://jizzaxpuppet.uz/)

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan