O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 824-son qarori 2-ilovasi ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2026-yil 20-yanvardagi 26-sonli buyrug‘i hamda viloyat madaniyat boshqarmasining 2026-yil 12-fevraldagi 19-AF-sonli buyrug‘i 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “O‘zbekistonda bayramlarning g‘oyaviy-ma’naviy mazmunini yanada kuchaytirish va ommalashtirish konsepsiyasini samarali amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning 2-ilova 22-bandi ijrosi yuzasidan
🎭 Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatrida 4-mart kuni 8-mart «Xalqaro xotin-qizlar bayrami» munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbir davomida bayramlarning mazmun-mohiyati, ularning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyati keng yoritildi.
Tadbir ko‘tarinki ruhda, mazmunli va samarali tarzda o‘tkazildi va yakunida ishtirokchilarga qimmatbaho sovg’alar berildi.
🌐Jizzax viloyat Qo‘g‘irchoq teatrining Matbuot xizmati. (https://jizzaxpuppet.uz/)
