#taqdimot

📅 5-aprel kuni
🎭 Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatrida yangi sahnalashtirilgan spektakl O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Badiiy kengash mutaxassislari ko‘rigiga taqdim etildi.

Badiiy kengash a’zolari:
— O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, O‘zDSMI professori, rejissyor Ashurova Maryam Hamidovna
— O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zDSMI o‘qituvchisi Islom Berdimurodov.

🎭 Mutaxassislar e’tiboriga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, bosh rejissyor Shaodat Usmanova tomonidan sahnalashtirilgan, muallif Akbar Abdullayev qalamiga mansub “Tuzoq” spektakli havola etildi.

📝 Spektakl yuzasidan Badiiy kengash a’zolari tomonidan ijobiy fikr-mulohazalar bildirilib, qimmatli tavsiyalar berildi. Asarning badiiy jihatdan zamon talablariga mosligi hamda bolajonlar uchun munosib sahna asari ekani alohida e’tirof etildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan