#Taqdirlash
🎉 YUTUQLAR MUBORAK 🎉
✅ 15-aprel — “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’at xodimlari kuni” munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
⚡️ Tadbir davomida madaniyat sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh fidoyi ijodkorlar “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
🎤 Bayram tadbirida vazirning birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov ishtirok etib, madaniyat, ta’lim, teatr va kino yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan soha vakillarini samimiy muborakbod etdi.
Shundan so‘ng, 50 nafardan ziyod san’atkorlarga “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.
🌟 Quvonarlisi, Jizzax viloyat Qo‘g‘irchoq teatri bosh rassomi
G‘aniyev Laziz Baxrom o‘g‘li ham ushbu yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi.
👏 Ushbu yutuq bilan chin dildan tabriklaymiz va kelgusi ijodiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
