#ijodiy_safar
🎭 NAVOIY VILOYAT QO‘G‘IRCHOQ TEATRI IJODIY JAMOASI JIZZAXDA!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ–406-sonli “Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida
20-aprel kuni Navoiy viloyat qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi Jizzax viloyatiga ijodiy safar bilan tashrif buyurdi.
🎭 Mehmonlarni Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatri jamoasi samimiy va ko‘tarinki ruhda kutib oldi.
🎭 Tashrif doirasida Jizzax shahridagi maktab o‘quvchilari uchun rejissyor Akmal Shodiyev tomonidan sahnalashtirilgan “Badjahl quyon” spektakli namoyish etildi.
🧑🤝🧑 Mazkur spektakl jajji tomoshabinlarga quvonch, iliq taassurotlar va unutilmas lahzalar ulashdi.
🤝 Bunday ijodiy uchrashuvlar teatr jamoalari o‘rtasida tajriba almashish va madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram (https://t.me/jizzaxpuppe)|Facebook (https://www.facebook.com/share/g/1Ag4BFnJD4/)|Instagram (https://www.instagram.com/jizzax_viloyat_bolalar_teatri_?igsh=MXIxYTJhaW91cm5wMw==)|YouTube (https://www.youtube.com/@jizzaxviloyatiqogirchoqtea6890)| Veb-sayt (https://jizzaxpuppet.uz/)
