🎉 1-Iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan yosh avlod vakillari uchun yana bir ajoyib tadbir tashkil etildi.

🎭 Jizzax viloyat qo’g’irchoq teatri ijodiy jamoasi «TOMOSHA» spektakli viloyat ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun namoyish etildi.

👬 Tadbirda ishtirok etgan bolalar ertaklar olamiga sayohat qilib, qo‘g‘irchoq teatrining qiziqarli va ta’sirchan sahna ko‘rinishlarini zavq bilan tomosha qilishdi.

✨ Spektakl davomida namoyish etilgan voqealar, yorqin obrazlar hamda sevimli ertak qahramonlari kichkintoylarda katta qiziqish uyg‘otdi.

🎭 Qahramonlarning ezgulik, do‘stlik, mehr-oqibat va halollik kabi fazilatlarni targ‘ib etuvchi chiqishlari bolalarda unutilmas taassurot qoldirdi.

🎁 Tadbir yakunida bolajonlarga esdalik sovg‘alari ulashilib, ularning quvonchiga yanada quvonch qo‘shildi.

📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube| Veb-sayt

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan