#Bolalar_kuni #QogirchoqTeatri 🎭
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan
🎭Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatriga Jizzax viloyat gaz boshqarmasi hamda Aloqabank xodimlarining farzandlari tashrif buyurishdi.
🌈 Bolajonlar uchun teatr ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan “Tomosha” spektakli va “Qo‘g‘irchoqlar konserti” namoyish etildi. Qiziqarli sahna ko‘rinishlari, ertak qahramonlari va quvnoq chiqishlar yosh tomoshabinlarga unutilmas taassurotlar ulashdi.
✨ Bayramona tadbir davomida bolalar teatrning sehrli olamiga sayohat qilib, maroqli dam oldilar hamda ko‘tarinki kayfiyatga ega bo‘ldilar.
📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube| Veb-sayt
