#Bolalar_kuni #QogirchoqTeatri 🎭

3-iyun kuni
🎭 Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatriga Jizzax viloyat elektr energiyasi boshqarmasi xodimlarining farzandlari hamda «Baxora» MTT tarbiyalanuvchilari tashrif buyurishdi.

✨ Bolajonlar uchun teatr ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan “Tomosha” spektakli namoyish etildi.

🌈 Spektakl davomida kichkintoylar ertak olamiga sayohat qilib, qahramonlarning qiziqarli sarguzashtlarini katta qiziqish bilan tomosha qildilar. Ularning quvonchli kulgisi va samimiy olqishlari bayramona muhitga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

🎭 Teatr jamoasi bolajonlarga unutilmas taassurotlar ulashib, ularga quvonch va ezgulik tuyg‘ularini hadya etdi. 💫

📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube| Veb-sayt

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan