🎭 #Bolalar_kuni #QogirchoqTeatri
5-iyun kuni Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatriga shahrimizdagi 3-son va 6-son maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari tashrif buyurishdi.
✨ Bolajonlar uchun teatr ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan “Tomosha” spektakli namoyish etildi.
😊 Spektakl davomida bolajonlar ertak qahramonlari bilan birga quvonchga to‘la lahzalarni boshdan kechirib, maroqli dam olishdi. Ularning samimiy kulgisi va olqishlari sahnaga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
🌈 Teatrga tashrif bolajonlar xotirasida yorqin taassurotlar qoldirdi.
📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube| Veb-sayt
