Jizzax viloyat qo’g’irchoq teatriga 2024-yil 28-fevral kuni Jizzax shahrida joylashgan xususiy maktab va MTM ning tarbiyalanuvchilari tashrif buyurishdi. Ularning e’tiboriga rejissior J.Bozorboyev tomonidan sahnalashtirilgan X.Ubaydullayevning “Botir bola ‘’ spektakili namoyish etildi. Shuningdek, teatrning yana bir ijodiy guruhi shahrimizda joylashgan 7-sonli maktab o’quvchilari huzurida bo’lishib , ularning e’tiboriga esa rejissior T.Raxmatullayev tomonidan sahnalashtirilgan “Aldashni bilmaydigan tulki’’ spektakili namoyish etildi.Tadbirlar davomida 237 nafar tomoshabinga madaniy xizmat ko’rsatildi.
