Jizzax viloyat qo’g’irchoq teatriga 2024-yil 19-aprel kuni Jizzax shahrida joylashgan xususiy maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, hamda Jizzax shahar o’quv markazida ta’lim olayotgan o’quvchilar tashrif buyurishdi. Ularning e’tiboriga X.Ubaydullayevning “Botir bola “ spektakili namoyish etildi. Shuningdek, ijodiy guruh Jizzax shahar 6-sonli maktab o’quvchilari huzurida bo’lishib, ularning e’tiboriga A.Xurramovning “Aldashni bilmaydigan tulki” spektakilini namoyish etishdi.
Tadbirlar davomida 480 nafar tomoshabinga madaniy xizmat ko’rsatildi.
