#yoshlartashrifi #teatrgatashrif
YOSHLAR MA’NAVIYATINI YUKSALTIRISH VA ULARNING BO‘SH VAQTLARINI MAZMUNLI TASHKIL ETISH BO‘YICHA 5 TA MUHUM TASHABBUS DOIRASIDA  JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI  BOSHLANG’ICH TA’LIM FAKULTETI TALABALARI VA TYUTORLARI 25.04.2024 KUNI ???? JIZZAX VILOYAT BOLALAR QO’G’IRCHOQ TEATRIGA TASHRIF BUYURISHDI.

Yurtimizda yoshlarning barkamol shaxs bo‘lib tarbiyalanishida, ularning turli xil yod buzg‘unchi g‘oyalarga berilib ketishining oldini olish, vataniga sodiq komil farzand qilib tarbiyalash maqsadida bir qancha turkum dasturlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bu boradagi ishlarning asosi sifatida yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhum tashabbusning har bir yo‘nalishida yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, komil shaxs qilib tarbiyalashga asos bo‘ladigan ishlar yo‘nalishlari belgilangan. Jumladan besh muhim tashabbusning birinchi yo’nalishida ilgari surilgan yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san‘atning boshqa turlariga qiziqishini oshirishga va talaba yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida 2024- yilning 25-aprel sanasida

???? Jizzax viloyati bolalar qo’g’irchoq teatriga tashrif buyurdilar.
Teatr tomoshabinlar bilan gavjum bu yerga kirgan talabalar, ertaklar olamiga tushib qolganday bo’lishdi, go’yo. Talabalar qo’g’irchoq teatri foyesidagi qo’g’irchoqlar muzeyini tomosha qilishdi. Teatrning qo’g’irchoqlar ustaxonasiga sayohat qilishdi. Shundan so’ng, Jizzax viloyat qo’g’irchoq teatri aktyori Ishankulov Shuxrat, hamda teatr bosh rassomi G’aniyev Laziz tomonidan talabalarga qo’g’irchoqlar xarakatnari va ertak qahramonlari, ularni qanday yasalishi haqida suxbatlar olib borildi. Talabalarning bunday tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan teatr tomoshalariga tashriflari ularning komil shaxs bo‘lib tarbiyalanishida ijobiy ta’sir etuvchi omillardandir. Talabalar teatr tomoshasidan bir olam  taassurot va fikrlar bilan qaytdilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan