Jizzax viloyat Qo’g’irchoq teatrida mana bir kecha kunki, Respublika teleradiokompaniyasining “Bolajon” kanalining bir guruh ijodkorlari tasvirga olish jarayonlari bilan mashg’ul bo’ldilar. Ular qo’g’irchoq teatri repertuaridan joy olgan bir nechta spektakllarni tasvirga olishdi. Bundan ko’zlangan maqsad respublika televideniyasi orqali Jizzax viloyati qo’g’irchoq teatrining spektakllarini bolajonlar e’tiboriga havola etishdan iboratdir. Ko’rsatuv muallifi va rejissior Hamidulla Sobirjanov, tasvirchilar Hamidulla Azimov, Jahongir Maxkamov, ovoz rejissiori Zuxriddin Abdullayev hamda Odil Xabibullayevlarning sayi xarakatlari tufayli 6ta spektakl “Bolajon” kanalining fonetikasidan joy oldi. Biz ishonamizki, ushbu spektakllar bolajonlarga
manzur bo’ladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan