2024 yil 20 iyulda Jizzax shahar “O’rda” ekologik madaniyat va istirohat bog’ida «Chilla iste’dodlar mavsumi» loyihasi doirasida konsert dasturi koʻtarinki kayfiyatda boʻlib oʻtdi.
🎭 Jizzax viloyat qo’g’irchoq teatri jamoasi aktyorlari Shuxrat Ishankulov, Ozodbek Mo’minov, Xusan Usmonov, Shaxnoza Suyarova tomonidan ijro etilgan «Qo’g’irchoqlar raqsi» konsert- shou dasturi tadbirga tashrif buyurgan shahrimiz aholisi hamda mehmonlariga, ayniqsa bolajonlar qalbiga o’zgacha shukuh bag’ishlamoqda.
