🎭 Jizzax viloyat Qo’g’irchoq teatrida 2024 – yil 24 – oktyabr kuni Salohiddin Sirojiddinov va Karomat Isamovalarning qalamiga mansub, rejissyor – Karomat Isamova tomonidan sahnalashtirilgan “Dev bizning dо‘stimiz” spektakli O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Badiiy kengash mutaxassislari ko’rigiga taqdim etildi.
Taqdimotda Badiiy kengash a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Teatr va sirk san’ati faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi, teatrshunos – T. Fayzullayeva va
О‘zbekiston Respublikasida xizmat kо‘rsatgan yoshlar murabbiysi, O‘zDSMI professori, rejissyor – M. Ashurovalar ishtirok etdi.
Muhokama natijasiga ko‘ra, spektakl O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Badiiy kengash mutaxassislari tomonidan bildirilgan fikr va tavsiyalar, takliflar inobatga olingan holda qabul qilindi va  tomoshabinlarga namoyish etishga ruxsat berildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan