9 noyabr kuni Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi tomonidan, Jizzax shahrida atrof – muhitni obodonlashtirish, shaharga yanada chiroy bag’ishlash maqsadida «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida belgilangan joylarga manzarali ko’chatlar ekildi.
Bunday xayrli ishda Jizzaxga xizmat safari bilan tashrif buyurgan Madaniyat vaziri o’rinbosari Ahmedov Bahodir Majidovich ham o’zining hissasini qo’shdi.
🎭 Jizzax viloyat Qo’g’irchoq teatri xodimlari ham bunda faol ishtirok etishdi.
