#Xayriyatomosha
2 dekabr kuni
🎭 Jizzax viloyat Qo’g’irchoq teatri hamda
Jizzax viloyati Ichki Ishlar Boshqarmasi hamkorligida «Xalqaro nogironlar kuni» munosabati bilan bayram tadbiri bo’lib o’tdi.
Bayram tadbiriga Jizzax viloyati «NURLI MASKAN» ko’zi ojiz va zaif ko’ruvchi bolalar maktab internatining o‘quvchi va tarbiyalanuvchilari kelishdi.
Kelgan bolajonlarni ertak qahramonlari tantana bilan kutib olishdi.
Bolajonlar e’tiboriga Muallif: Rudyard Kipling, Munisa Igamnazarova qalamiga mansub
«FILCHA» spektakli namoyish etildi.
Ajoyib spektakl tomoshasidan so’ng bolajonlarga «Qo’g’irchoqlar raqsi» konsert – shou dasturlari ham taqdim etildi.
Bolajonlarga namoyish etilgan tomoshalar juda manzur bo’ldi.
