#Navruzsayli
#JizzaxTeatri #BoqiyShahar
Joriy yil 21-mart kuni
🎭 Jizzax viloyat Qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi Samarqand viloyatidagi “Boqiy shahar” turizm majmuasida o‘tkazilgan “Navro‘z” umumxalq bayram saylida ishtirok etdi.
✨ Jamoa tomonidan “Milliy qo‘g‘irchoqlar raqsi” musiqiy dasturi hamda milliy o‘yinlar namoyish etilib, tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.
👏 Sahnaviy chiqishlar Samarqand aholisi va xorijlik mehmonlar tomonidan iliq kutib olindi.
