#taqdimot
#yangiasar
#QogirchoqTeatri
16-may kuni
🎭 Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatrida yangi sahnalashtirilgan spektakllar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Badiiy kengash mutaxassislari ko‘rigiga taqdim etildi.
🎭 Badiiy kengash a’zolari tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda O‘zbekiston Teatr Arboblari uyushmasi bo‘lim boshlig‘i, teatrshunos Tohir Do‘stmuhammedov, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Fatxulla Xo‘jayev ishtirok etdi.
✨ Mutaxassislar e’tiboriga Qozog‘iston Respublikasi Ostona shahridagi M. Gorkiy nomidagi Rus drama teatrining bosh rejissyori, Qozog‘iston xalq artisti Bekpulat Parmanov tomonidan sahnalashtirilgan atoqli adib Chingiz Aytmatovning (B. Parmanov insenirovkasi) “Oq kema” spektakli havola etildi.
👏 Spektaklning yuksak badiiy saviyada ishlangani, sahna yechimlari va aktyorlik ijrosi bilan alohida tahsinga sazovor ekani, uni xalqaro hamda respublika festivallarida namoyish etishga munosibligi alohida e’tirof etildi.
🎉 Yakunda spektakl Badiiy kengash tomonidan bir ovozdan qabul qilinib, premyerasini o‘tkazishga ruxsat berildi.
