#Tashrif #Tomosha #QogirchoqTeatri
🗓 Joriy yil 25-may kuni
🎭 Jizzax viloyat Qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi Jizzax viloyati Zomin tumanidagi “Yoshlar shaharchasi” hududida joylashgan Madaniyat saroyiga tashrif buyurdi.
🇺🇿 Tadbir davomida Zomin tumani DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli 9225-harbiy qism boshqarmasi harbiy xizmatchilari hamda ularning farzandlari uchun 1-iyun — “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan bayramona dastur namoyish etildi.
🎭 Teatr jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan “Tomosha” spektakli hamda “Qo‘g‘irchoqlar raqsi” konsert tomoshasi yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
👏 Tadbir so‘ngida harbiy xizmatchilar va mehmonlar tomonidan Jizzax viloyat Qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasiga samimiy minnatdorlik bildirildi.
📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Veb-sayt
