5-mart kuni
🎭 Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatri yana bolajonlarning beg‘ubor kulgusi va quvonchli onlari bilan fayzli lahzalarga boy bo‘ldi.

✨ Jizzax shahrida joylashgan «BILIMDON BOLAJON» nomli ONMTM tarbiyalanuvchilari teatrimizning aziz mehmonlariga aylanishdi.

👫 Kichkintoy tomoshabinlar e’tiboriga teatrning sahnalashtiruvchi rejissyori Soriyev Begzod tomonidan sahnalashtirilgan, muallif Akbar Abdullayev qalamiga mansub “DO‘STLIK BOG‘I” spektakli namoyish etildi.

💥 Do‘stlik, mehr-oqibat va ezgulik g‘oyalari bilan sug‘orilgan ushbu sahna asari bolajonlarga quvonch ulashib, ularning qalbida iliq taassurotlar va unutilmas xotiralar qoldirdi.

Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatrining Matbuot xizmati (https://jizzaxpuppet.uz/)

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan