#navruzsayli

🌸 Yangilanish, yasharish va mehr-oqibat ayyomi — Navro‘z sayli yurtimiz bo‘ylab davom etib, har bir maskanga bayramona shukuh ulashmoqda!

✨ Jizzax shahri markazidagi Yoshlar shaharchasida ham umumxalq sayli ko‘tarinki ruhda, quvonch va shodiyonaga boy tarzda davom etmoqda. Bu yerda jam bo‘lgan yurtdoshlarimiz milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va san’atimizdan bahramand bo‘lmoqda.

🎭 Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi tomonidan namoyish etilayotgan qiziqarli, rang-barang va mazmunli tomoshalar esa bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishlab, tomoshabinlarga unutilmas lahzalar tuhfa etmoqda.

🌸 Navro‘zning iliq nafasi, samimiy kayfiyati va beg‘ubor quvonchini birgalikda his etishga chorlaymiz!

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan